AsosiyDunyo

Kiyev markazida sirli suiqasd: “UXX” polkovnigi o‘ldirildi

Ivan Voronich UXX tarkibidagi maxsus operatsiyalar markazi boshqarmasida katta operativ xodim lavozimida xizmat qilgan.

'Kiyev markazida sirli suiqasd: “UXX” polkovnigi o‘ldirildi'ning rasmi

Bugun, 10 iyul kuni Ukraina poytaxti Kiyevda o‘rtaga chiqqan sirli voqea mahalliy va xalqaro jamoatchilikni larzaga soldi. Markaziy ko‘chada, odamlar ko‘z o‘ngida Ukraina Xavfsizlik xizmati (UXX) polkovnigi Ivan Voronich otib o‘ldirildi.

Bu haqda Ukraina Oliy Radasining sobiq deputati Igor Mosiychuk o‘zining Telegram-kanalida xabar bergan.

“Shaxsi hozircha aniqlanmagan erkak Ivan Voronichga yaqinlashib, besh marta o‘q uzgan. Polkovnik voqea joyida halok bo‘lgan. Hujumchi esa qochishga muvaffaq bo‘lgan”, — deb yozadi Mosiychuk.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Ivan Voronich UXX tarkibidagi maxsus operatsiyalar markazi boshqarmasida katta operativ xodim lavozimida xizmat qilgan.

Hozircha hujumdan olingan video yozuvlar tarqalgan, ammo rasmiy izohlar kutilmoqda. Ukraina huquqni muhofaza qilish organlari qotilni aniqlash va qo‘lga olish uchun keng ko‘lamli operatsiya boshlagan.

“RBK-Ukraina” nashri ham Voronichning polkovnik unvoniga ega bo‘lganini tasdiqlagan.

Bu qotillik ortida kim turgani hozircha noma’lum. Ammo voqeaning aynan Kiyev markazida, yuqori martabali maxsus xodimga qarshi sodir etilgani — bu tasodif emasligi mumkinligini ko‘rsatmoqda.

    Boshqa yangiliklar