AsosiyDunyo

Xitoyda asalarini mikrochip yordamida masofadan boshqarish tizimi yaratildi

Bu texnologiya qahramon arilardan favqulodda vaziyatlarda qidiruv yoki razvedka uchun foydalanish imkoniyatini beradi.

'Xitoyda asalarini mikrochip yordamida masofadan boshqarish tizimi yaratildi'ning rasmi

Xitoyning Beijing Institute of Technology olimlari ilg‘or mikrozaryad va sun’iy intellekt texnologiyalari yordamida ari (asalarilar)ning harakatini masofadan boshqarish imkonini beruvchi innovatsion tizimni ishlab chiqdilar. Bu haqda Zamon.uz yozmoqda.

Ular tomonidan ishlab chiqilgan 74 milligramm og‘irlikdagi mikrochip arining orqa qismiga o‘rnatiladi va uchta nozik elektrod orqali arining miyasi va asab tugunlariga elektr impulslar yuborish orqali uning uchish yo‘nalishini boshqaradi. Tadqiqot davomida ushbu tizim yordamida arilarni chapga, o‘ngga, oldinga va orqaga uchirish muvaffaqiyatli amalga oshirilgan.

Olimlarning ta’kidlashicha, bu texnologiya arining harakatini shunchaki takrorlash emas, balki uni qaror qabul qilish va vaziyatga moslashish qobiliyati bilan boshqarishga asoslangan. Mikrochip ilgari yozib olingan arilarning uchish odatlari va harakat yo‘nalishlariga asoslangan sun’iy intellekt algoritmlari bilan ishlaydi.

Bu yutuqning amaliy qo‘llanilishi keng. Mutaxassislar texnologiya yordamida:

Tabiiy ofatlar paytida vayronalar ostida qolgan insonlarni aniqlash,

Qiyin yetib boriladigan joylarda ekologik monitoring olib borish,

Harbiy razvedka yoki terrorizmga qarshi operatsiyalarda mikrorazvedka vositasi sifatida foydalanish imkoniyatlari mavjudligini ta’kidlamoqda.

Shuningdek, Xitoyning ushbu yondashuvi ilgari AQSH va Avstraliyada o‘tkazilgan tajribalardan farqli ravishda eng yengil va eng samarali biologik dron modellaridan biri bo‘lib, hozircha boshqa mamlakatlarda bunday nazorat aniqligi bilan o‘zini ko‘rsatgan tizim mavjud emas.

Ammo ekspertlar texnologiyaning xavfsizlik va axloqiy jihatlarini ham muhokama qilmoqda. Masalan, tirik mavjudotning harakati ustidan to‘liq nazorat o‘rnatish insoniyat, atrof-muhit va biotexnologiya o‘rtasidagi nozik chegaralarni belgilab berishi kerak.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Dunyo Bugun 04:05

    'Senat Trumpning Eronga qarshi harakatlarini cheklashni rad etdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 04:05

    Senat Trumpning Eronga qarshi harakatlarini cheklashni rad etdi

    AQSh Senati qonunchilarining Prezident Donald Trumpning Eronga qarshi harbiy harakatlarini cheklash bo‘yicha taklifini qo‘llab-quvvatlamadi.

    'Pokiston va Afgʻoniston Ramazon hayiti arafasida harbiy harakatlarni vaqtincha toʻxtatdi'ning rasmi

    Dunyo 19.03.2026 12:51

    'Putin Larijoniy o‘limiga munosabat bildirdi: “U Rossiyaning haqiqiy do‘sti edi”'ning rasmi

    Dunyo 19.03.2026 03:50

    Putin Larijoniy o‘limiga munosabat bildirdi: “U Rossiyaning haqiqiy do‘sti edi”

    Eron tomoni Larijoniyning Isroil havo zarbasi oqibatida halok bo‘lganini tasdiqladi.

    'Isroil Eron razvedkasi rahbari o‘ldirilganini e’lon qildi'ning rasmi

    Dunyo 18.03.2026 13:53

    Isroil Eron razvedkasi rahbari o‘ldirilganini e’lon qildi

    Hattib 2021 yildan Eron Razvedka vaziri edi va yangi Oliy rahnamosiga eng yaqin shaxslardan biri hisoblanar edi.

    ''ning rasmi

    Dunyo 18.03.2026 12:41