AsosiyDunyo

Gergievning Yevropadagi gastrollari Yevroittifoqni ikkiga bo‘ldi

Holat yuzasidan Yevrokomissiya izoh berdi.

'Gergievning Yevropadagi gastrollari Yevroittifoqni ikkiga bo‘ldi'ning rasmi

Rossiyalik dirijor Valeriy Gergiev iyul oxirida Italiyaning Neapol shahri yaqinidagi Un’Estate da Re musiqa festivalida ishtirok etishi rejalashtirilgan. Ammo bu ishtirok Yevroparlamentda qizg‘in bahslarga sabab bo‘ldi.

Yevroparlament vitse-prezidenti Pina Picherno:

“Putinni qo‘llab-quvvatlaydigan Gergievning davlat mablag‘lari bilan moliyalashtiriladigan festivalda ishtiroki mutlaqo nomaqbul”, — dedi.

Shu zudlik bilan Yevrokomissiya izoh berdi:

“Festival Yevroittifoq mablag‘lari hisobidan emas, balki Italiya budjetidan moliyalashtirilgan. Yevropa sahnalari urushni qo‘llaydigan san’atkorlarga berilmasligi kerak”, — dedi komissiya vakili Eva Grntsirova.

Navalniyga aloqador FBK (Korrupsiyaga qarshi kurash fondi) Gergievning kontserti bekor qilinishini talab qilmoqda va 19 iyul kuni Milanda norozilik aksiyasi o‘tkazmoqchi.

Shu bilan birga, Italiya hukumati Gergiev chiqishini bekor qilishni rejalashtirmayapti. Kampaniya viloyati gubernatori Vinsentso De Luka:

“San’at muloqot, hamjihatlik va hurmat joyi bo‘lib qolishi kerak”, — deya bildirdi.

Kampaniyadagi yozgi festival o‘tkaziladigan Kazerta qirollik saroyi – Italiyaning eng muhim madaniy obidalaridan biri sanaladi.

    Boshqa yangiliklar