AsosiyDunyo

Germaniya Yevropaning chip markaziga aylanishni maqsad qilmoqda

Mamlakatda uchta yangi chip zavodi qurilishi rejalashtirilgan.

'Germaniya Yevropaning chip markaziga aylanishni maqsad qilmoqda'ning rasmi

Germaniya hukumati texnologik rivojlanish bo‘yicha yangi dasturi doirasida mamlakatda uchta yangi chip ishlab chiqarish zavodini qurishni rejalashtirmoqda.

Reuters agentligi xabariga ko‘ra, bu tashabbus Yevropada sun’iy intellekt sohasidagi izlanishlarga kuchli turtki berishi kutilmoqda.

“Biz Germaniyani Yevropadagi chip ishlab chiqarish bo‘yicha 1-raqamli manzilga aylantirmoqchimiz”, — deyiladi rasmiy hujjatda.

Unga ko‘ra, AQSHning Wolfspeed kompaniyasiga tegishli bo‘lgan birinchi zavod 2025 yil kuzida Saar yerida qurilishi boshlanadi.

Ikkinchi zavod esa Tayvanning TSMC kompaniyasi va Germaniyaning Bosch hamda Infineon korxonalari hamkorligida Drezdenda allaqachon barpo etilmoqda. Uchinchi zavod haqida esa hozircha rasmiy ma’lumot berilmagan.

Hujjatda, shuningdek, 2030 yilga kelib Germaniya yalpi ichki mahsulotining 10 foizi sun’iy intellektga asoslanishi maqsad qilingani qayd etilgan.

Mutaxassislar sun’iy intellekt orqali har yili 300–400 milliard yevrolik qo‘shimcha qiymat yaratilishini taxmin qilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Shveytsariya muzeyidan oltin tangalar o'g'irlandi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 10:08

    Shveytsariya muzeyidan oltin tangalar o'g'irlandi

    Kecha Lozannadagi qadimiy Rimga bag'ishlangan muzeyda o'g'irlik sodir etildi. Oltinlarning qiymati hozircha oshkor qilinmadi. Faqat politsiya tangalar "arxeologik qiyamatga ega"ligini aytdi.

    'Braziliyaning sobiq prezidenti hibsga olindi'ning rasmi

    Dunyo 22.11.2025 21:05

    Braziliyaning sobiq prezidenti hibsga olindi

    Sobiq prezident bunga cha uy qamog‘ida saqlanayotgan edi.

    'Nigeriyadagi katolik maktabidan 300 nafar bola o'g'irlab ketildi'ning rasmi

    Dunyo 22.11.2025 17:41

    Nigeriyadagi katolik maktabidan 300 nafar bola o'g'irlab ketildi

    Qurollangan shaxslar maktabga bostirib kirib, 303 nafar bola va 12 nafar maktab xodimini o'g'irlab ketishgan. Bu bir haftaning ichida ikkinchi marta sodir bo'lmogda. Nigeriyada bir haftada ikki marta bolalar ommaviy o'g'irlandi.

    ''ning rasmi

    Dunyo 21.11.2025 19:35

    'Isroillik olimlar qarishni sekinlashtiruvchi immun hujayrasini topdi'ning rasmi

    Dunyo 21.11.2025 17:09

    Isroillik olimlar qarishni sekinlashtiruvchi immun hujayrasini topdi

    Tadqiqotchilar organizmda qarigan hujayralarni aniklab, yo‘q qilishga yordam beradigan CD4-Eomes Hujayrasini kashf qildi.

    'Zelenskiy AQSh bilan yangi tinchlik rejasi ustida ishlashga rozi boʻldi'ning rasmi

    Dunyo 21.11.2025 14:31

    Zelenskiy AQSh bilan yangi tinchlik rejasi ustida ishlashga rozi boʻldi

    Ukraina prezidenti V. Zelenskiy AQSh armiyasi vakili bilan uchrashuvda urushni yakunlash bo‘yicha rejani tezroq imzolashga kelishib oldi.