Ozarbayjonning eng yirik neft kompaniyasi – SOCAR Suriyadan kelgan rasmiy delegatsiya bilan hamkorlik memorandumini imzoladi.
Ma’lumotlarda memorandum tafsilotlari to‘liq ochiqlanmagan bo‘lsa-da, u energetika, qayta tiklash va logistika sohalarini o‘z ichiga olishi mumkinligi aytilmoqda.
Bu hamkorlik ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarning jonlanayotganidan darak beradi.
Shuningdek, Ozarbayjonning urushdan charchagan Suriyadagi iqtisodiy imkoniyatlarga e’tibor qaratayotganini ham ko‘rsatmoqda.