Afg‘onistonning janubiy hududida joylashgan Qandahor shahrida rasmiylar qo‘g‘irchoqlar savdosini taqiqladi. Bu haqda Zamon.uz ma’lum qildi.
Mazkur qaror asosida bolalar uchun mo‘ljallangan bir qator o‘yinchoqlar, xususan, inson qiyofasidagi qo‘g‘irchoqlarni sotish harom, deb e’lon qilindi. Taqiqlovchilar buni diniy asoslar bilan izohlamoqda: ular nazarida, bunday o‘yinchoqlar islomda man etilgan butlarga o‘xshab ketadi.
Qandahor shahar hokimiyati barcha savdogarlarga taqiqlangan mahsulotlarni javonlardan darhol olib tashlashni buyurgan.