AsosiyDunyo

AQSH 10 million dollarlik ayollar kontratseptivlarini yoqmoqchi

Qaror huquq faollari tanqidiga uchradi.

'AQSH 10 million dollarlik ayollar kontratseptivlarini yoqmoqchi'ning rasmi

AQSH hukumati USAID (Xalqaro taraqqiyot agentligi) tomonidan Jo Bayden ma’muriyati davrida xarid qilingan 10 million dollarga teng ayollar kontratseptivlarini yoqib yuborishga qaror qildi. Bu haqda kecha, 28 iyul kuni AFP agentligi xabar berdi.

Gap homiladorlikning oldini oluvchi vositalar — bachadon ichki spirallari, implantatlar va dori tabletkalari haqida bormoqda. Ushbu vositalar dastlab kambag‘al davlatlarga yordam sifatida mo‘ljallangan edi, biroq USAID dasturlari yopilgach, kontratseptivlar Belgiyada omborlarda qolib ketdi.

Endilikda bu kontratseptivlar Fransiyadagi chiqindilarni yoqish zavodiga yuborilishi rejalashtirilgan. Ularni yo‘q qilish jarayoni o‘ziga xos xarajatlarni ham talab qilmoqda — faqatgina utilizatsiya uchun 167 ming dollar sarflanishi ko‘zda tutilgan.

So‘nggi kunlarda bir nechta xalqaro nohukumat tashkilotlar AQSH hukumatidan bu kontratseptivlarni qashshoq mamlakatlarga topshirishni so‘ragan.

Biroq Vashington bu taklifni rad etgan. Belgiyaning Tashqi ishlar vazirligi esa AQSH elchixonasi bilan muzokaralar olib borayotganini va ularni fikridan qaytarishga urinishayotganini bildirdi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Dunyo Bugun 10:01

    'Buyuk Britaniya Falastinni davlat sifatida tan oladimi?'ning rasmi

    Dunyo Bugun 02:36

    Buyuk Britaniya Falastinni davlat sifatida tan oladimi?

    Mamlakat bosh vaziri Buyuk Britaniya Falastin davlatining mustaqilligini rasman tan olishga tayyorligini ma’lum qildi.

    'Tramp Putinga 10 kunlik muhlat berdi: Urush to‘xtamasa, sanksiyalar kuchayadi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 02:34

    Tramp Putinga 10 kunlik muhlat berdi: Urush to‘xtamasa, sanksiyalar kuchayadi

    Bu haqda u Shotlandiyani tark etishdan oldin jurnalistlarga ma’lum qildi.

    'Qirg‘izistonda internet davlat qo‘liga o‘tdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 02:31

    Qirg‘izistonda internet davlat qo‘liga o‘tdi

    Sadir Japarov bu bo‘yicha tegishli farmonni imzoladi.

    'Grammy sovrindori Siara Benin fuqarosi bo‘ldi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 02:29

    Grammy sovrindori Siara Benin fuqarosi bo‘ldi

    Amerikalik mashhur qo‘shiqchi Siara G‘arbiy Afrikadagi Benin davlatidan fuqarolik oldi.

    'Amerikalik respublikachi ilk bor G‘azodagi vaziyatni “genotsid” deb atadi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 02:27

    Amerikalik respublikachi ilk bor G‘azodagi vaziyatni “genotsid” deb atadi

    Bu bayonot bilan u Isroilni shartsiz qo‘llab-quvvatlab kelayotgan o‘z partiyadoshlariga ochiq qarshi chiqdi.