AQSh Davlat departamenti Ukraina bilan “yellik-yelik” turishni davom ettirishini bildirdi. Bu bayonot Trump maʼmuriyati vakili Steven Witkoffning Rossiyaga boʻlajak tashrifi arafasida yangradi.
Witkoff 3 avgust kuni Tel-Avivda Gʻazo sektorida asirlikda qolayotganlar yaqinlari bilan uchrashdi. U yaqin sharq safaridan soʻng Moskvaga yoʻl oladi.
Avvalroq Trump Rossiyaga Ukraina boʻyicha muzokaralarni boshlash uchun 10 kunlik muhlat bergan edi — bu muddat 8 avgustda yakunlanadi.