Elektron xizmat ko‘rsatuvchi 72 ta xorijiy kompaniya tomonidan O‘zbekistonga joriy yilning 1-yarim yilligida 78,2 mlrd so‘m soliq to‘langan.
Bildirilishicha, to‘langan soliqlarning 94 foizi elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi quyidagi 10 ta xorijiy kompaniyalar:
Meta – 22,6 mlrd so‘m;
Apple – 22,1 mlrd so‘m;
Google – 19,4 mlrd so‘m;
OpenAI – 2,9 mlrd so‘m;
Vooking.som – 1,9 mlrd so‘m;
TikTok – 1,8 mlrd so‘m;
Netflix – 896,2 mln so‘m;
Acca – 797,1 mln so‘m;
Zoom – 786,7 mln so‘m;
Adobe – 530,8 mln so‘m.
Ma’lumot uchun, elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi chet el yuridik shaxslari soliq kodeksining 281-moddasiga muvofiq o‘tgan chorakdan keyingi oyning 20-kunidan kechiktirmay soliq hisobotlarini taqdim etadi va soliqlarni to‘laydi.