AsosiyDunyo

Rossiyada og‘ir jinoyat sodir etgan migrantlarning qarindoshlari deportatsiya qilinadi

Biroq qonun loyihasi parlament quyi palatasi muhokamasiga kiritilgani aniq emas.

'Rossiyada og‘ir jinoyat sodir etgan migrantlarning qarindoshlari deportatsiya qilinadi'ning rasmi

Og‘ir jinoyat sodir etgani uchun sudlangan migrantlarning qarindoshlarini Rossiyadan chiqarib yuborish kerak, tegishli qonun loyihasi allaqachon Davlat Dumasiga kiritilgan. Bu haqda “360.ru” nashri  xabar berdi.

Bildirilishicha, hujjatda mamlakatda yoki uning tashqarisida og‘ir jinoyat sodir etgan xorijliklarning Rossiyaga kirishi  taqiqlangan. Bu migrantlarning sudlanganligi olib tashlanishi va bekor qilinishidan qat’iy nazar sodir bo‘ladi, deb qo‘shimcha qildi "Spravedlivaya Rossiya — Za pravdu" partiyasi raisi. Bu tashabbus huquqbuzarlar sonini kamaytirishga yordam berishini aytgan.

 «Afsuski, O‘rta Osiyo mamlakatlaridan kelganlarning jinoyiy o‘tmishi bizning huquq-tartibot idoralari uchun yetti muhr ortidagi sir bo‘lib qolmoqda. Hech kim migrantlar Rossiyaga kelishidan oldin o‘z vatanida nima bilan shug‘ullanganini yoki o‘ziga qanday dog‘ tushirganini aniq bilmaydi»,— deydi Mironov.

Mironov, shuningdek, oilaviy klanlarni mamlakatdan chiqarib yuborishni taklif qildi. Biroq u tegishli qonun loyihasi parlament quyi palatasi muhokamasiga kiritilgan-kiritilmaganiga aniqlik kiritmadi.

    Boshqa yangiliklar