AsosiyDunyo

AQSh: Hindiston Rossiyadan neft olib, urushni moliyalashtiryapti

Vashington Nyu-Deliga bosimni kuchaytirdi.

'AQSh: Hindiston Rossiyadan neft olib, urushni moliyalashtiryapti'ning rasmi

AQSh Hindistonni Rossiyadan neft' importini davom ettirgani uchun keskin tanqid ostiga oldi. Donald Trump "bu holatni qabul qilib bo'lmasligini" aytgan. 

Oq uy vakili Steven Millerniнг so'zlariga ko'ra, Hindiston Rossiyadan neft xaridi hajmi bo'yicha Xitoy bilan deyarli tenglashgan.

AQSh rasmiylari agar Ukraina bo'yicha yaqin 10 kun ichida tinchlik kelishuvi tuzilmasa, Rossiya bilan savdo qilayotgan davlatlarga nisbatan 100 foizlik ikki lamchi boj joriy etilishini bildirgan. 

Allaqachon Hindistonga nisbatan 25 foizlik boj qo'llandi. Hindiston hukumati esa bu boradagi tanqidlarga hozircha rasmiy munosabat bildirmadi.

    Boshqa yangiliklar