1989 yilda kommunistik tuzim agʻdarilgach, Ruminiyada demokratik yoʻl bilan saylangan ilk prezident Ion Iliesku 95 yoshida vafot etdi.
U iyun oyida oʻpka saratoni tashxisi bilan kasalxonaga yotqizilgan edi.
Iliesku uch marta prezidentlikka saylangan, 2004 yilda NATOga qoʻshilish va Euroittifoq bilan assotsiatsiya shartnomalarini imzolagan.
2017 yilda esa u 1989–1990 yillardagi norozilik namoyishlarini bostirishda insoniyatga qarshi jinoyatlarda ayblangandi.