Toshkent viloyati, Angren shahrida fuqaro B.N. 3 nafar fuqaroni ishga joylashtirish bahonasida aldab, ulardan jami 8 250 AQSh dollarini talab qilgan.
U o‘zining "tanishlari" orqali Latviyaga ishchi visa olib beraman deb va‘da bergan va oldindan 2 100 dollarni olgan paytda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda usbu holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bo‘yicha jinoyat ishi ko‘zgatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.