AsosiyDunyo

Efiopiya Rossiyaga samolyot ijarasini rad etdi

"Ethiopian Airlines" AQSh bilan aloqalari sababli sanktsiyalarga rioya qilmoqda

'Efiopiya Rossiyaga samolyot ijarasini rad etdi'ning rasmi

Rossiya hukumati Efiopiyaning “Ethiopian Airlines” aviakompaniyasidan samolyotlarni “hol lizing” (ekipaj, texnik xizmat va sugʻurta bilan birga) asosida ijaraga olishni taklif qilgan, biroq kompaniya bu taklifni rad etdi. Bu haqda kompaniya bosh direktori Mesfin Tasev maʼlum qildi.

Uning soʻzlariga koʻra, “Ethiopian Airlines” AQSh bilan kuchli tijoriy aloqalarga ega va xalqaro qoidalar hamda AQSh qonunchiligiga qatʼiy rioya qiladi. “Biz bunday havfni oʻz zimmaimizga ololmaymiz”, – deya taʼkidladi Tasev. U, shuningdek, kompaniyaning oʻzi ham hozircha qoʻshimcha samolyotlarga ehtiyoj sezayotganini qoʻshimcha qildi.

Avvalroq Rossiya Qirgʻiziston, Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qatar va Quvayt aviakompaniyalari bilan ham samolyot lizingi boʻyicha muzokaralar olib borgan. Bunday usul Eron tomonidan sanksiyalarni chetlab oʻtish amaliyotidan olingan. Gʻarb sanksiyalari Rossiyaga yangi samolyotlar va ularning ehtiyot qismlarini sotib olishni taqiqlaydi.

    Boshqa yangiliklar