AsosiyDunyo

AQSh Hindiston mahsulotlariga 25 foizlik boj joriy etdi

Bunga Dehlining Rossiyadan neft xarid qilayotgani sabab sifatida ko‘rsatilgan.

'AQSh Hindiston mahsulotlariga 25 foizlik boj joriy etdi'ning rasmi

AQSh prezidenti Donald Trump Hindistondan olib kiriladigan tovarlarga 25 foizlik qo‘shimcha boj joriy qilish to‘g‘risida farmon imzoladi.

Rasmiy bayonotga ko‘ra, bu chora Hindistonning Rossiya bilan iqtisodiy aloqalari, xususan, neft savdosi bilan bog‘liq.

Yangi bojxona tartiblari 21 kundan so‘ng kuchga kiradi. Ma’lumotlarga ko‘ra, AQSh 1 avgustdan boshlab savdo disbalansi va Dehlining Moskva bilan hamkorligini asos qilib, 25 foizlik bojlarni amalda qo‘llay boshlagan.

Vashingtonning bu qarori ikki davlat o‘rtasidagi savdo munosabatlarida keskinlik keltirib chiqargani aytilmoqda. Hindiston hozircha rasmiy munosabat bildirmagan.

    Boshqa yangiliklar