“Qo‘rqinchli jazolar” deb tanilgan aylovlar ortidan tanqid ostida qolayotgan Checheniston sudi Zarema Musaevani yana deyarli 4 yilga ozodlikdan mahrum qildi.
Rasmiy versiyaga ko‘ra, u koloniyadan shifoxonaga ko‘chirilishdan norozilik bildirgan va Federal jazoni ijro etish xizmati (FSIN) xodimi Bekbulatovni urgan hamda tirnagan.
Ammo himoya tomoni bu versiyani rad etmoqda. Musaevaning advokati Aleksandr Savinning so‘zlariga ko‘ra, aylovlar asossiz — voqea guvohlari yo‘q, boshqa mahkumlar esa Zaremaning davolanishdan mamnun bo‘lganini bildirgan.
Zarema esa o‘zini aybdor deb hisoblamayapti va jismoniy holati tufayli xodimga hujum qila olmasligini aytmoqda.
Zarema Musaeva — Qozog‘istondan faoliyat yuritayotgan muxolifatchilar Ibrohim va Abubakr Yangulboevlarning onasi.
U 2022 yilda Nizhniy Novgoroddagi uyidan kuch bilan olib ketilgan va 2023 yilda hokimiyat vakiliga kuch ishlatganlik aybi bilan 5,5 yilga ozodlikdan mahrum etilgandi. Keyinchalik jazosi 4 yil 9 oyga qisqartirilgan.
2024 yil may oyida Europa Inson huquqlari sudi Musaeva foydasiga qaror chiqarib, unga 52 ming yevro kompensatsiya to‘lashga hukm qilgan edi.
Sud Rossiya hukumatini bir nechta inson huquqlari bo‘yicha konvensiya moddasini buzganini qayd etgan.