Mahalliy hokimiyatlar yongin tezda o‘chirilganini bildirgan bo‘lsa-da, Telegram-kanallar Slaviansk-na-Kubanda harbiy qismda ham yongin chiqqanini yozmoqda.
Krasnodar o‘lkasi gubernatori Navorossiysk portiga dron-katerlar hujumi bo‘lganini tasdiqladi. Rasmiylarga ko‘ra, zarar yoki jabrlanganlar yo‘q.
Shuningdek, Kalininskiy tumanida dron parchalari temir yo‘l kontakt tarmog‘ini shikastlagan, bu esa bir necha yo‘lovchi poezdlari kechikishiga sabab bo‘lgan.
Volgograd viloyatidagi Surovikino stantsiyasida ham dronlar sabab yongin yuz bergan. RF Mudofaa vazirligi bir kechada Rossiya va anneksiya qilingan Qrim hududi ustida 82 ta dron urib tushirilganini ma’lum qildi.