O‘zbekistonda 7 oyda taksi uchun eng ommabop mashina Cobalt bo‘ldi. Undan keyingi o‘rinlarda Nexia (21,5%) va Lacetti (16,9%) turibdi.
Daromad borasida 2 mingga yaqin haydovchi 7 oyda 100 mlrd so‘mdan ortiq pul ishlagan.
Shuningdek, 7 oy davomida taksida 262,2 mln. marta yo‘lovchi tashilgan.
Tashuvlardan tushgan umumiy mablag‘ 5 trln so‘mdan oshgan, bunda:
3,6 trln so‘m (72,2%) — naqd
1,4 trln so‘m (27,8%) — naqdsiz.