Bugun, 7 avgust kuni Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, soat 16:09 da Toshkent shahar Yashnobod tumani Qo‘yliq mavzesida joylashgan ko‘p qavatli uyning 7-qavatidagi xonadonda yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan. Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari aytilgan manzilga soat 16:17 da yetib borib, yong‘in 16:37 da o‘chirilgan.
Shuningdek, qutqaruvchilarning tezkor sa’y-harakati natijasida yong‘in oqibatida jabrlanganlar yo‘q. Hozirda hodisa sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqdanmoqda.