O‘zbekistonda so‘nggi 6 oyda qancha oila qurgani ma’lum qilindi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Bildirilishicha, mamlakatda so‘nggi 6 oyda 95,3 mingta nikoh holatlari qayd etilib, ulardan eng ko‘pi Samarqand viloyatiga to‘g‘ri kelgan. 10,5 mingta nikoh holati bilan Samarqand birinchi o‘rinda bo‘lsa, eng kam yangi oila qurganlar Sirdaryo viloyati etib belgilangan.
Ro‘yxatga olingan nikohlar hududlari bo‘yicha quyidagicha:
Samarqand viloyati — 10,5 ming
Farg‘ona viloyati — 9,8 ming
Qashqadaryo viloyati — 9,6 ming
Toshkent shahri — 9,4 ming
Surxondaryo viloyati — 8,0 ming
Andijon viloyati — 7,6 ming
Toshkent viloyati — 7,2 ming
Xorazm viloyati – 6,9 ming
Namangan viloyati — 6,2 ming
Qoraqalpog‘iston – 5,7 ming
Buxoro viloyati – 5,7 ming
Jizzax viloyati – 3,6 ming
Navoiy viloyati – 2,7 ming
Sirdaryo viloyati – 2,4 ming.