AsosiyDunyo

Germaniyada hukumatga ishonch keskin pasaydi

Mers boshchiligidagi koalitsiya atigi 29 foiz qo‘llab-quvvatlanmoqda.

'Germaniyada hukumatga ishonch keskin pasaydi'ning rasmi

Germaniyada yangi hukumat tuzilganiga 100 kun boʻlmay turib, unga boʻlgan ishonch sezilarli darajada pasaygan.

"Deutschlandtrend" soʻroviga koʻra, fuqarolarning faqat 29 foizi koalitsiya ishidan mamnun — bu may oyidan beri eng past koʻrsatkich.

Kantsler Fridrix Merzning reytingi ham keskin tushib, atigi 32 foizni tashkil etmoqda. Aksincha, mudofaa vaziri Boris Pistorius 60% bilan eng mashhur vazir boʻlib qolmoqda.

Agar bugun saylovlar oʻtsa, konservativ blok (XDS/XSS) 27 foizga, AdG esa 24 foizga ovoz olishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar