Rossiyada mushkul ahvolda qolgan 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi "Vatanga qaytarish" nomli xayriya aksiyasi doirasida O‘zbekistonga qaytarildi.
Ma’lum bo‘lishicha, Rossiya Bosh konsulxonasi tomonidan fuqarolarga O‘zbekistonga qaytish uchun sertifikatlar rasmiylashtirilib, 4 avgust kuni mamlakatga qaytarilgan.
Ma’lumot uchun, 30 iyul – "Butunjahon odam savdosiga qarshi kurashish" kuni munosabati bilan O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi, Bandlik vazirligi, Migratsiya agentligi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamda huquq-tartibot idoralari bilan 30 iyuldan 30 avgustgacha "Vatanga qaytarish" nomli xayriya aksiyasi o‘tkazilmoqda.