AsosiyJamiyat

"O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Dilmorod Islomov 71 yoshida vafot etdi"

Dilmurod Islomov "O‘zbekiston doirachilari" jamoat birlashmasi raisi bo‘lib, 100 dan ortiq xorijiy mamlakatlarda o‘zbek san’atini olamga tanitishga hissa qo‘shgan.

'"O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Dilmorod Islomov 71 yoshida vafot etdi"'ning rasmi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, "O‘zbekiston doirachilari" jamoat birlashmasi raisi Dilmurod Islomov 71 yoshida vafot etdi.

U umri davomida O‘zbekistonda doira san’atining rivojlanishida fidokorona xizmat qildi. Dilmurod Islomov respublika "Zarb ko‘rik-tanlovi"ning va "Doirachilar festivali"ning asoschisi hisoblanadi.

Shuningdek, doira ijrochiligi san’ati bo‘yicha 2014 yilda "Ustozlardan doira saboqlari" to‘plamini, 2015 yilda "Maxsus cholg‘u (doira usullari: ustozlar saboqlari)" o‘quv qo‘llanmasini, "Moziyadan sado" monografiyasi va bir qancha ilmiy maqolalarini milliy va xorijiy jurnallarda chop etib, yosh ijrochilarni ustozlar merosidan xabardor etdi.

Shu bilan birga, kontsert dasturlari bilan 100 dan ortiq xorijiy mamlakatlarda bo‘lib, o‘zbek san’atini olamga tanitishga o‘z hissasini qo‘shdi.

    Boshqa yangiliklar