AsosiyDunyo

Ukrainaga Rossiya aktivlaridan yana 1,6 mlrd evro o‘tkazdi

Bu uchinchi shunday toʻlov boʻlib, avvalgi ikki "tranjslarning" 90 foizi Yevropa tinchlik jamgʻarmasi orqali Ukrainani qoʻllashga sarflangan.

'Ukrainaga Rossiya aktivlaridan yana 1,6 mlrd evro o‘tkazdi'ning rasmi

Yevropa Ittifoqi Ukrainaga Rossiya Markaziy bankining muzlatilgan aktivlaridan olingan foiz daromadlari hisobidan yana 1,6 milliard yevro ajratdi. Bu haqda Yevrokomissiya ma’lum qildi.

Bu — uchinchi shunday to‘lov bo‘lib, avvalgi ikki “transj”ning 90 foizi Yevropa tinchlik jamg‘armasi orqali Ukrainani qo‘llashga sarflangan, qolgan qismi esa 2024 yilda tashkil etilgan Ukraina bilan kredit hamkorligi mexanizmi orqali yo‘naltirilgan.

Ikkinchi “transj” — 1 milliard yevro — 2025 yil bahorida, birinchi “transj” esa 2024 yilda o‘tkazilgan. Umuman olganda, YI’ning Ukrainaga makromoliyaviy yordami 18,1 milliard yevroni tashkil etadi. Bu — “Katta yettilik”ning Ukrainaga 45 milliard yevro ajratishni ko‘zda tutgan kredit dasturidagi YI ulushi hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, “Transj” so‘zi iqtisodiy va moliyaviy matnlarda ishlatiladi va inglizcha tranche (fransuz tilidan olingan) so‘zidan kelib chiqqan.

Ma’nosi biror mablag‘ning yoki qarzning qismi, bosqichma-bosqich ajratiladigan to‘lovi. Masalan, katta kredit yoki yordam puli birdaniga emas, balki bir necha bo‘lakka ajratiladi — har bir bo‘lagi transj deyiladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'AQShdagi zavodda kuchli portlash roʻy berdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 10:27

    AQShdagi zavodda kuchli portlash roʻy berdi

    Hodisa ortidan ikki kishi halok bo‘lib, kamida 10 kishi jarohat olgan.

    'Zelenskiy Rossiyaga bosib olingan hududlarni berib turishi mumkin'ning rasmi

    Dunyo Bugun 10:21

    Zelenskiy Rossiyaga bosib olingan hududlarni berib turishi mumkin

    Kiyev urushni muzlatish va joriy front chizig‘ini tan olishga tayyor.

    'Hindistonga qo‘yilgan bojlar Rossiya iqtisodiyatiga og‘ir zarba berdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 10:11

    Hindistonga qo‘yilgan bojlar Rossiya iqtisodiyatiga og‘ir zarba berdi

    AQSH sobiq prezidenti Hindistonga Rossiyadan neft’ sotib olish uchun 50 foizlik boj joriy etganini va bu Rossiya iqtisodiyotiga katta ta’sir qilganini aytdi.

    'Эрон ва Ироқ ўртасидаги хавфсизлик битими нимани англатади?'ning rasmi

    Dunyo Bugun 09:57

    Эрон ва Ироқ ўртасидаги хавфсизлик битими нимани англатади?

    Eron Milliy xavfsizlik kengashi rahbari Ali Larijani Tehron va Bag‘dod o‘rtasida imzolangan yangi xavfsizlik bitimi ikki davlatning barqarorligini mustahkamlashga qaratilganini bildirdi.

    'Germaniya TIV rahbari: “Zo‘ravonlik bilan chegaralar o‘zgarmasligi kerak”'ning rasmi

    Dunyo Bugun 09:50

    Germaniya TIV rahbari: “Zo‘ravonlik bilan chegaralar o‘zgarmasligi kerak”

    Germaniya tashqi ishlar vaziri Yoxann Vadeful Ukraina hududiy yaxlitligidan voz kechish evaziga urushni to‘xtatishga qarshi chiqdi.

    'Braziliya prezidenti va Xitoy yetakchisi nimani muhokama qildi?'ning rasmi

    Dunyo Bugun 09:31

    Braziliya prezidenti va Xitoy yetakchisi nimani muhokama qildi?

    AQSh bilan savdo tangligi fonida Braziliya va Xitoy bilan yaqinlik kuchaymoqda.