Rossiya Davlat dumasiqa migrantlar uchun maktab ta’limini pulli qilish va rus tilini bilish bo‘yicha bepul test topshirish imkoniyatlari sonini cheklash yuzasidan qonun loyihasi kiritildi. Bu haqda RBK xabar berdi.
Xabar berishlaricha, Rossiyada migrant bolalar uchun maktablarni pulli qilish bo‘yicha qonun loyihasi tayyorlangan.
Ta’kidlanishicha, 2025 yilda Rossiya maktablarida migrantlarning farzandlari soni oshgani sababli 900 mingdan ortiq o‘quvchilar uchun joy yetishmagan. Qonun loyihasi byudjet mablag‘larini tejash, o‘qituvchilarga qo‘shimcha to‘lovlar, hamda chet elda rus tilini o‘rganishga qiziqishni oshirishga xizmat qiladi.
Shuningdek, ushbu tashabbusga ayrim deputatlar keskin qarshi chiqmoqda. Ta’lim bo‘yicha qo‘mita a’zosi Anatoliy Vasserman “Pod’yom” nashriga bergan intervyusida bu g‘oya migrant bolalarni huquqiy maydondan chiqarib, ularni jamiyat nazoratidan tashqarida qoldirishi mumkinligini aytgan.
Ushbu qonun loyihasi ilgari ham muhokama qilingan, ammo birinchi o‘qishda rad etilib, qayta ishlashga yuborilgan edi.