Nemis politsiya kasaba uyushmasi vakili Hagen Husgenning aytishicha, xizmat binolarida yillar davomida taʼmirlanmagan hojatxonalar, ish joylarida mogʻor, zararli hasharotlar, ishlamaydigan isitish tizimlari va yomgʻir oʻtib ketadigan tomlar mavjud.
Uning soʻzlariga koʻra, patrul avtomobillari ham achinarli ahvolda: yirtiq oʻrindiqlar, yarim million kilometrgacha yurgan va uzatmalar qutisi nosoz mashinalarda xizmat koʻrsatishga toʻgʻri keladi. Bu esa fuqarolarda politsiya haqida yaxshi taassurot qoldirmaydi.
Kasaba uyushmasi hukumatdan mavjud maxsus xavfsizlik fondidan mablagʻ ajratishni, shuningdek, yerlar (mintaqalar)ga moliyaviy yordamni oshirishni talab qilmoqda.