AQSh prezidenti Donald Trump Vladimir Putin bilan bo‘ladigan uchrashuv yakunida Ukraina bo‘yicha o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga darhol erishish qiyin bo‘lishini aytdi.
Unga ko‘ra, Putin "kelishuv tuzadi" degan ishonch bor, biroq bu sammitning o‘zida yoq amalga oshishi dargumon.
Trump Putin haqida "U biladi, men uning duch kelgan eng qiyin raqibiman" dedi.
Oq uy va Kreml uchrashuv yakunida hech qanday hujjat imzolanishi rejalashtirilmaganini bildirdi. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning so‘zlariga ko‘ra, Ankoriqdagi muzokaralardan so‘ng ikki yetakchi umumiy matbuot anjumani o‘tkazishi kerak bo‘ladi. Trump esa buni tasdiqlashdan ham, rad etishdan ham tiyildi.
Shuningdek, Trump uchrashuv muvaffaqiyatli bo‘lmasligi ehtimolini 25% deb baholadi. Agar mulokat natija bermasa, AQSh Rossiyaga nisbatan yangi sanksiyalar joriy qilishga tayyorligini ma’lum qildi.