Kecha, 14 avgust kuni Indoneziyaning Markaziy Yava viloyati Sragen shahrida Prezident Prabovo Subianto tashabbusi bilan joriy etilgan bepul maktab tushligidan 360 dan ortiq kishi zaharlandi. Bu haqda “Independent” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, maktab o‘quvchilaridan biri kechasi qorin og‘rig‘i, bosh og‘rig‘i va diareya bilan uygonganini, ijtimoiy tarmoqlarda sinfdoshlari ham xuddi shunday shikoyatlar qilganini ko‘rgach, bu ovqatdan zaharlanish ekanini anglaganini bildirgan. Bu bepul ovqat dasturida hozirgacha qayd etilgan eng yirik zaharlanish holati hisoblanadi.
“Laboratoriya natijalari chiqmaguncha, o‘sha oshxonadan ovqat tarqatishni vaqtincha to‘xtatishni so‘radik”,-deydi Sigit.
Dasturga mas’ul bo‘lgan Milliy ovqatlanish agentligi rahbari Dadan Hindayana avvalgi zaharlanish hodisalaridan so‘ng oshxonalar faoliyati va yetkazib berish jarayonlarida standartlar oshirilganini bildirgan.
Ko‘p milliard dollarlik bu siyosat Prabovoning saylovoldi kampaniyasida asosiy dastur hisoblanadi. Prezident aholining turmush sifatini oshirish va iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishini aytmoqda.