AsosiyDunyo

Pokistonda kuchli yomg‘ir oqibatida 160 kishi halok bo‘ldi

Halok bo‘lganlarning 110 nafari tog‘li Xayber-Paxtunxva viloyatidan.

'Pokistonda kuchli yomg‘ir oqibatida 160 kishi halok bo‘ldi'ning rasmi

Bugun, 15-avgust, Pokistonda kuchli musson yomg‘iri sababli kamida 160 kishi vafot etgan. Halok bo‘lganlarning 110 nafari tog‘li Hayber-Paxtunxva viloyatida yashagan. Bu haqda Le Monde nashri xabar berdi.

Pokiston Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi vakili so‘zlariga ko‘ra, sel va ko‘chkinlar sababli Hayber-Paxtunxva viloyatining o‘zida 110 kishining halok bo‘lgani va 60 kishining jarohat olgani aniqlandi. Oqibatda Buner, Bajaur, Mansehra va Battagram tumanlari falokat yuz berishi mumkin bo‘lgan hududlar sifatida e’lon qilingan.

Agenss Franss-Presse’ning tasvirlarida Bajaur tumani, Afg‘oniston bilan chegaradosh hududlarda, odamlar loy bosgan tepalikni kovlayotgani aks etgan. Yaqin atrofdagi dala maydonida janaza namozlari boshlanganligi va odamlar motam tutayotgani ko‘ringan.

Pokiston meteorologiya xizmati shimoli-g‘arbiy hududlar uchun kuchli yomg‘ir xavfi haqida ogohlantirish bergan. Aholi xavfli hududlarga ortiqcha chiqmaslikka chaqirilgan. Hindiston nazoratidagi Kashmirda esa qutqaruvchilar loy va vayronalar orasidan jasadlarni olib chiqmoqda.

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Rossiyadagi harbiy zavodda kuchli portlash sodir bo‘ldi'ning rasmi

    Dunyo 15.08.2025 18:05

    Rossiyadagi harbiy zavodda kuchli portlash sodir bo‘ldi

    Jabrlanganlar orasida korxona ishchilari va voqea joyida bo‘lgan texnik xodimlar ham bor.

    'Indoneziyada 360 dan ortiq bolalar bepul maktab tushligidan zaharlandi'ning rasmi

    Dunyo 15.08.2025 17:54

    Indoneziyada 360 dan ortiq bolalar bepul maktab tushligidan zaharlandi

    Bu bepul ovqat dasturida hozirgacha qayd etilgan eng yirik zaharlanish holati hisoblangan.

    'Xitoy vazn tashlagan xodimlariga pul to‘lamoqda'ning rasmi

    Dunyo 15.08.2025 17:16

    Xitoy vazn tashlagan xodimlariga pul to‘lamoqda

    Har bir tashlangan 500 gramm vazn uchun rahbariyat 500 yuan (70 dollar) to‘laydi.

    'Telegram joriy yilda 20 milliondan ortiq kanalni o‘chirib tashladi'ning rasmi

    Dunyo 15.08.2025 16:48

    Telegram joriy yilda 20 milliondan ortiq kanalni o‘chirib tashladi

    27 iyul kuni messenjer rekord darajada – 402 mingdan ortiq kanal va guruhni blokladi.

    'Lavrov Alyaskada "SSSR" yozuvi tushirilgan sviterda paydo bo‘ldi'ning rasmi

    Dunyo 15.08.2025 15:38

    Lavrov Alyaskada "SSSR" yozuvi tushirilgan sviterda paydo bo‘ldi

    Jurnalistlar Lavrovdan Alyaskaga ilk marotaba kelayotgan-kelmayotgani haqida so‘rashdi.

    'Rossiyadagi "Subway" kafelari endi "Subjoy" nomi ostida faoliyat yuritadi'ning rasmi

    Dunyo 15.08.2025 15:31

    Rossiyadagi "Subway" kafelari endi "Subjoy" nomi ostida faoliyat yuritadi

    Bu AQSh brendi bilan shartnomalar bekor qilingani ortidan yuz bermoqda.