Reuters agentligi maʼlumotiga koʻra, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraynadagi urushni toʻxtatish uchun bir qator shartlarni ilgari surmoqda.
Ular quyidagilar:
— Sulh faqat toʻliq kelishuvdan soʻng amalga oshiriladi;
— Ukrayna armiyasi Donetsk va Luganskdan toʻliq chiqishi kerak;
— Xerson va Zaporojedagi front chizigʻi muzlatilishi taklif qilinmoqda;
— Rossiya Sumi va Xarkov viloyatlaridan chiqishga rozi;
— Qrim ustidan Rossiya suvereniteti rasman tan olinishi kerak;
— Rossiyaga qarshi sanktsiyalar, kamida qisman, bekor qilinishi shart;
— Ukraynaga NATOga kirish qatʼiy taqiqlanadi;
— Ukrayna xavfsizlik kafolatlari olishi mumkin;
— Ukrayna hududida rus tiliga rasmiy maqom va Rus pravoslav cherkovi faoliyatiga kafolat talab etiladi.
Bu shartlar Ukrayna va Gʻarb tomonidan hali rasman rad etilmagan, ammo Zelenskiy va Gʻarb yetakchilari avvalroq bunday “shartlar bilan tinchlik”ni qabul qilmasligini bildirgan edi.