AsosiyDunyo

Xitoyda 17 yoshli qiz sevgilisini 14 ming dollarga qul qilib sotdi

Yigitni 4 oy davomida asirlikda saqlab, onlayn firibgarlik bilan shugʻullanishga majbur qilgan.

'Xitoyda 17 yoshli qiz sevgilisini 14 ming dollarga qul qilib sotdi'ning rasmi

Xitoyda 17 yoshli qiz o‘zidan 2 yosh katta 19 yoshli yig‘itini qul qilib sotgan. Bu haqda “Thaiger” nashri xabar berdi.

Bildirilishicha, yig‘it va qiz bilyardxonada tanishgan. Suhbat davomida qiz o‘zining Myanmadagi badavlat ota-onasi haqida maqtanib, yig‘itga ish topishda yordam berishni va’da qilgan. Yig‘it bunga rozi bo‘lib, joriy yilning fevralida sevgilisi bilan Bangkokka borgan.

Tailand va Myanma chegarasiga yo‘l olgan yig‘it va qiz yo‘lda o‘zaro janjallashib qolishgan. Shu payt yig‘itga qurollangan shaxslar hujum qilib, uning telefon va pasportini tortib olgan. Keyingi to‘rt oy davomida yig‘it asirlikda saqlangan va uni muntazam ravishda sochlarini qirib tashlab va onlayn firibgarlik bilan shug‘illanishga majbur qilishgan. Qiz yig‘itni 14 ming dollar evaziga sotgan.

Bosqinchilar yig‘itning oilasi bilan bog‘lanib, 48 ming dollar miqdorida tovon talab qilgan. To‘rt oy ichida kerakli mablag‘ yig‘ilib, yig‘it ozod qilingan. O‘sha paytda qiz Tailandda hordiq chiqarayotgan bo‘lgan va Xitoyga qaytganida qo‘lga olingan. Unga firibgarlik va odam savdosi bo‘yicha ayblov qo‘yilgan.

    Boshqa yangiliklar