AsosiyDunyo

Kozog'istonda WhatsApp va Telegram taqiqlanmaydi

Biroq ushbu platformalardan hukumatning mansabdor shaxslari foydalana olmasligi mumkin.

'Kozog'istonda WhatsApp va Telegram taqiqlanmaydi'ning rasmi

Qozog‘iston raqamli rivojlanish, innovatsiyalar va aerokosmik sanoat vazirligi tarqalgan xabarlarga munosabat bildirib, WhatsApp, Telegram kabi xorijiy messenjerlarga taqiq joriy qilinmasligini tasdiqladi.

DW sizdirgan ma’lumotga ko‘ra, Aitu nomli milliy messenjer esa faqatgina davlat idoralari ichidagi aloqa va raqamli platformalar bilan ishlash uchun joriy etiladi.

Bildirilishicha, barcha davlat xizmatchilari Aitu’dan foydalanishga o‘tadi, ammo bu aholining boshqa messenjerlardan foydalanishiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi.

    Boshqa yangiliklar