Germaniyalik alpinistlar 4000 metr balandlikda qutqarildi
Shveytsariya Alp tog'larida qolib ketgan ikki nafar germaniyalik alpinist bir kecha-kunduz davomida yordam kutishga majbur bo'ldi.
Ularning arqoni tog' yonbag'irida qisilib qolgan, ob-havo yomonligi sababli esa qutqaruvchilar bir necha bor ularni olib tushishga uringan.
Biroq muvaffaqiyatsiz chiqqan. Keyinroq Italiya qutqaruvchilari vertolyot yordamida alpinistlarni olib tushdi va ularning sog'lig'i qoniqarli ekani bildirildi.
Ma'lumot uchun, Braithorn tog'i Shveytsariya va Italiya chegarasida joylashgani uchun qutqaruv operatsiyasini Italiya tomoni amalga oshirdi. Hodisa haqida Germaniya nashri Welt ham xabar berdi.