Kiyevda o‘tkazilgan mustaqillik bayrami tantanasida Zelenskiy Trumpning maxsus vakili Kit Kellogni davlatlararo hamkorlikni mustahkamlashdagi xizmatlari uchun orden bilan taqdirladi.
Tantanada Kanada yangi bosh vaziri Mark Karni ham ishtirok etdi. U birinchi rasmiy tashrifida Ukraynaga 1 milliard Kanada dollari (taxminan 617 million yevro) miqdorida harbiy yordam ajratilishini e’lon qildi.
Ma’lumot uchun, Kit Kellog AQShning iste’fodagi generali, Donald Trump prezidentligi davrida milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchilardan biri bo‘lgan.
U hozirda Trumpning xalqaro masalalar bo‘yicha maxsus elchisi sifatida faoliyat yuritmoqda.