Telegram asoschisi Pavel Durov Fransiyada bir yil oldin yuz bergan hibsga olinishi boyicha munosabat bildirdi.
U bu voqeani "fransuz politsiyasining xatosi" deb atadi va Telegram'ga nisbatan hech qanday ayblov isbotlanmaganini ta'kidladi.
"2024 yil avgustigacha ular Telegram'ga qonuniy so‘rov yubormagan. Tergov bir yil davom etganiga qaramay, men yoki Telegram aybdor deb topilmadi", — deb yozdi u o‘zining kanalida.
Durov shuningdek, har 14 kunda Fransiyaga qaytishga majbur bo‘layotganini, biroq apellyatsiya muddati hamon belgilanmaganini qayd etdi. Unga ko‘ra, bu voqea Fransiyaning erkin davlat sifatidagi nufuziga putur yetkazgan.