Iordaniya podshohi Abdulla II ibn al-Husaynning O‘zbekistonga davlat tashrifi davomida qator muhim hujjatlar, jumladan, vizasiz rejim joriy etish bo‘yicha kelishuv imzolandi.
Bu orqali O‘zbekiston va Iordaniya fuqarolari bir-birining mamlakatiqa vizasiz kirib chiqishi mumkin bo‘ladi. Shuningdek, tomonlar savdo, transport, qishloq xo‘jaligi, oliy ta’lim, bojxona, diniy hamkorlik va sarmoyalarni himoya qilish kabi sohalarda ham 15 dan ortiq hujjat imzoladi.
Ikkala mamakat o‘rtasidagi havo qatnovi va jinoyatchilarni topshirish bo‘yicha ham yangi kelishuvlarga erishildi.