AsosiyJamiyat

O‘zbekistonda aholi va korxonalarga eng ko‘p kredit berilgan hudud aytildi

Avgust oyi boshida aholiga berilgan kreditlar qoldig‘i 201,8 trillion so‘m, korxonalarniki 374,4 trillion so‘m bo‘lgan.

'O‘zbekistonda aholi va korxonalarga eng ko‘p kredit berilgan hudud aytildi'ning rasmi

Qaysi hududda aholi va korxonalarga eng ko‘p kredit berilgani ochiqlandi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Respublika bo‘yicha ajratilgan barcha kreditlarning to‘rtdan uch qismi Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri kelmoqda

2025 yil 1 avgust holatiga ko‘ra, O‘zbekiston banklaridagi jami kredit qoldig‘i 576,2 trillion so‘mni tashkil etdi (2024 yil mos davrida 500,6 trillion so‘m bo‘lgan). Foizli qarzlarning 392,5 trillion so‘mini davlat, 183,7 trillion so‘mini xususiy banklar ajratgan.

Avgust oyi boshida aholiga berilgan kreditlar qoldig‘i 201,8 trillion so‘m, korxonalarniki 374,4 trillion so‘m bo‘lgan.

Hududlar kesimida eng ko‘p kreditlar Toshkent shahridagi aholi va korxonalarga ajratilgan — 286,4 trillion so‘m. Bu respublikadagi jami kreditlarning deyarli to‘rtdan uch qismi hisoblanadi. Poytaxtda aholining jami kreditlari qoldig‘i 65,7 trillion so‘m, korxonalarniki 220,6 trillion so‘mni tashkil etmoqda.

Keyingi o‘rinlarda kreditlar ulushi nisbatan yuqori hududlar Farg‘ona (28,4 trillion so‘m), Toshkent (27,6 trillion so‘m) va Samarqand (27,5 trillion so‘m) viloyatlari bo‘lgan.

Eng kam kredit qoldig‘i Sirdaryo viloyatida qayd etilgan — 15 trillion so‘m.

    Boshqa yangiliklar