AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda maymunchechak sabab chorva mollari nobud bo‘ldi

Mutaxassislarning aytishicha, kasallik asosan togʻli hududlarda kuzatilgan boʻlib, hashorat chaqishi va tashuvchanligi ortidan koʻpaygan.

'Qashqadaryoda maymunchechak sabab chorva mollari nobud bo‘ldi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanida chorva mollari orasida maymunchechak tarqalgani to‘g‘risida xabarlar tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan “Zamon” informatsion dasturida ma’lumot berdi.

Bildirilishicha, usbu kasallik ortidan viloyatda chorva, asosan yirik shoxli mollar nobud bo‘lib, ularning egalari bundan iqtisodiy zarar ko‘rganini bildirishgan.

“Maymunchechakmi deyishdi-da, boshida londa-londa bez bo‘lar ekan. 76 yoshga kirib, bunday kasallikni ko‘rganim yo‘q edi”, — degan fuqarolardan biri.

Xalq tilida maymunchechak nomini olgan usbu kasallik bilan kurashishga urinayotgan qoramol egalari davo topa olmayotganlarini, urinishlar doim ham ijobiy natija bermayotgani hamda mutaxassislardan shu paytgacha zarur tavsiyalar berilmayotganini bildirishgan

Shahrisabz tumani veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi mutaxassislari esa tumanda vaziyat barqaror ekani va chorvaning mazkur kasallik bilan kasallanganlik darajasi xususidagi ma’lumotlar qayd etilmaganini ta’kidlagan.

“Xalq tilida maymunchechak deb ataladigan kasallik asilda nodular dermatit kasalligi hisoblanadi. Hozirgi kunda xalqimizga shuni aytishimiz kerak-ki, hech qanday vahima qiladigan holati yo‘q. Vaksinalarimiz mavjud, viloyatimiz bo‘yicha vaksinatsiya qilish ishlarini 90 foizga erishganmiz. Viloyatimizdagi mavjud 1 mln 700 mingdan ortiq mollar uchun zaxiramiz yaratib qo‘yilgan”, degan viloyat veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Sodiqjon Mamadiyorov.

Mutaxassis asosan to‘gli hududlarda kuzatilgan mazkur kasallik zararli hasharotlarning chaqishi va tashuvchanligi ortidan ko‘payganini hamda uni uzoqi bilan 7 kunda davolash mumkinligini, odamlarga yuqish holati esa mavjud emasligini aytgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'O‘zbekistonda aholi va korxonalarga eng ko‘p kredit berilgan hudud aytildi'ning rasmi

    Jamiyat 26.08.2025 21:41

    O‘zbekistonda aholi va korxonalarga eng ko‘p kredit berilgan hudud aytildi

    Avgust oyi boshida aholiga berilgan kreditlar qoldig‘i 201,8 trillion so‘m, korxonalarniki 374,4 trillion so‘m bo‘lgan.

    'Tarmoqlarda shov-shuvga sabab bo‘lgan mojaro sabab Toshkent viloyati hokimligining matbuot xizmati raxbari ishdan ketdi'ning rasmi

    Jamiyat 26.08.2025 17:52

    Tarmoqlarda shov-shuvga sabab bo‘lgan mojaro sabab Toshkent viloyati hokimligining matbuot xizmati raxbari ishdan ketdi

    U o‘zi bilan bo‘lgan salbiy axborotlar oqimining paydo bo‘lganidan chin dildan afsusda ekanini hamda masalaga sud-huquq idoralari baho berishi to‘g‘ri bo‘lishini aytgan.

    'Пул эвазига Кореяга ишга юборган Миграция агентлиги ходимларига жиноят иши қўзғатилди'ning rasmi

    Jamiyat 26.08.2025 16:15

    'Тошкентда 9 ёшли бола операция вақтида ҳалок бўлдими?'ning rasmi

    Jamiyat 26.08.2025 15:52

    Тошкентда 9 ёшли бола операция вақтида ҳалок бўлдими?

    Darakchi.uz holatni o‘rganish maqsadida Bosh prokuratura matbuotidan izoh so‘radi.

    'Olmaota aeroportida shov-shuvli hodisa: erkak o‘zini yoqib yubordi'ning rasmi

    Jamiyat 26.08.2025 10:39

    Olmaota aeroportida shov-shuvli hodisa: erkak o‘zini yoqib yubordi

    Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, bu falokatli harakatga erkakning turmush o'rtog'i bilan bo'lgan shaxsiy nizosi sabab bo'lgan.

    '1,6 млрд сўмлик электр ўғрилиги фош этилди'ning rasmi

    Jamiyat 26.08.2025 10:31

    1,6 млрд сўмлик электр ўғрилиги фош этилди

    Toshkentda koʻp qavatli uylarga xizmat koʻrsatuvchi servis kompaniya elekt energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi.