“Ular uchrashuvlar va keyingi voqealarqa doir salbiy signal berishda davom etmoqda. Har kuni shaharu qishloqlarimizga zarba berilmoqda, qurbonlar soni ortmoqda”, — deydi Zelenskiy.
Unga ko‘ra, G‘arb davlatlari bunday agressiyaga qarshi Rossiyaga bosimni kuchaytirishi kerak.
Ukraina esa AQSh, Yevropa va “istak bildirgan davlatlar koalitsiyasi” bilan xavfsizlik kafolatlarini ishlab chiqish ustida ishlamoqda.
Zelenskiy yetakchilar uchrashuvi uchun aniq format va muddatlar belgilanadigan vaqt kelganini ham qo‘shimcha qildi.