Daʼvo sababi Forbes jurnalidadagi maqola asosida Usmonovga qarshi sanksiyalar joriy etilgani. Mazkur maqolada Usmonov “Putinni himoya qilgani va biznesidagi muammolarini hal qilgani” iddao qilinadi. Gamburg sudi bu maqolani noqonuniy deb topgan boʻlsa-da, “Forbes” sud qaroriga apellyatsiya bergan. Nashr maqolani “fakt emas, balki mualliflik fikri” sifatida himoya qilmoqda.
Shtaynxefelning soʻzlariga koʻra, agar u apellyatsiyada gʻalaba qozonsa, navbat Europa Ittifoqi Kengashiga etadi. Daʼvo sanksiyalar roʻyxatiga emas, balki Kengashni kelajakda shunga oʻxshash, dalilsiz bayonotlar asosida qarorlar qabul qilishdan tiylishiqa majburlashga qaratilgan.
“Jurnalistning fikri asosida sanksiya qʻllab boʻlmaydi. Kengash esa manbalarni yetarliha tekshirmay, matbuotdagi tasdiqlanmagan xabarlar bilan cheklanmoqda”, — dedi advokat.
Shuningdek, Shtaynxefel Usmonovga qʻyilgan “Ukrainani beqarorlashtirishni qʻllab-quvvatlagan” degan ayblovni ham inkor etmoqda. Unga taʼkidlashicha, bu ayblov faqatgina Usmonov Rossiya byudjetiga soliq toʻlaydigan kompaniya aksiyalariga egaligi bilan bogʻlangan.
Eslatib oʻtamiz, Germaniyaning Gamburg sudi bungacha Usmonovning “Dilbar” yaxtasiga egalik qilishi haqidagi daʼvolarni ham rad etib, ushbu maʼlumotni tarqatishni taqiqlagan edi.