Daniya bosh vaziri Mette Frederiksen bu voqea uchun rasmiy uzr so‘rab, «ayollar adolatsiz munosabat va tizimli diskriminatsiyaga uchradi, bu Grenlandiya jamiyati uchun hanoz ochiq yara bo‘lib qolmoqda», dedi. U bilan birga Grenlandiya hukumatining rahbari ham uzr bildirdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 1960–1970 yillarda Kopengagen aholisining tez o‘sishini oldini olish maqsadida yosh qizlarga roziligisiz spiral o‘rnatishni targ‘ib qilgan. Natijada ko‘plab ayollar bepushtlikka uchragan, ruhiy iztirob chekkan.
Bu «spiral mojarosi» keng jamoatchilikka faqat 2022 yilda Daniya radiosi tergovi orqali ma’lum bo‘ldi. Bugunga kelib, 143 jabrlanuvchi kollektiv da’vo arizasi bilan sudga murojaat qilgan va 6 million dollardan ortiq kompensatsiya talab qilmoqda.
Daniya va Grenlandiya hukumatlari voqeani o‘rganish bo‘yicha qo‘shma tergov olib bormoqda. Yakuniy hisobot sentyabr oyida e’lon qilinishi kutilmqoda.