AsosiyDunyo

Kiyevga qilingan ommafiy hujumda to‘rt kishi halok bo‘ldi

Rossiyaning bir necha soat davom etgan kuchli hujumi oqibatida Kiyevda to‘rt nafar kishi halok bo‘ldi, 22 kishi jarohatlandi.

'Kiyevga qilingan ommafiy hujumda to‘rt kishi halok bo‘ldi'ning rasmi

Kiyev shahar meri Vitaliy Klichkoning maʼlum qilishicha, Rossiya qurolli kuchlari tomonidan amalga oshirilgan ommaviy hujum natijasida kamida 22 kishi jarohatlangan. Ular orasida 10 va 18 yoshli ikki aka-uka ham bor, kichik bola shifoxonaga yetkazilgan.

Kiyev viloyati harbiy maʼmuriyati rahbari Timur Tkachenkoga koʻra, hujumning oqibatlari shaharning kamida 20 ta nuqtasida qayd etilgan. Jumladan, Darnitsa tumanida besh qavatli turar joy binosiga toʻgʻridan-toʻgʻri snaryad tegib, uning bir qismi butunlay yoʻq qilingan. Qutqaruv ishlari davom etmoqda.

Dnepr tumanida koʻp qavatli uylar va Solomenkada yakka tartibdagi uy zararlangan. Shaharning boshqa hududlarida ham turar joylar, ofis binolari va xususiy uylarga zarar yetgan.

Mahalliy hokimiyat maʼlumotiga koʻra, Kiyev dronlar, qanotli va ballistik raketalar orqali hujumga uchragan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Janubiy Koreyada 50 yoshli erkak o‘z oila a’zolarini bog‘ib o‘ldirdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 14:47

    Janubiy Koreyada 50 yoshli erkak o‘z oila a’zolarini bog‘ib o‘ldirdi

    Prokuratura oʻlim jazosini talab qilgan boʻlsa-da, sud erkakka umrbod qamoq jazosi tayinlagan.

    'Tolibon 5 qo‘shni mamlakatda transport maslahatchilari tayinlandi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 10:24

    Tolibon 5 qo‘shni mamlakatda transport maslahatchilari tayinlandi

    “Тожикистон, Ўзбекистон, Эрон, Покистон ва Туркманистонда Толибон транспорт маслаҳатчилари фаолият юритади”, — дея маълум қилди Афғонистоннинг амалдаги ҳукумати.

    'Prezident 523 mahkumni afv etdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 09:39

    Prezident 523 mahkumni afv etdi

    Ular orasida xorijliklar ham bor.

    'Qirgʻizistondan noqonuniy olib kiritilgan 19 kg tilla Fargʻonada ushlandi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 09:28

    Qirgʻizistondan noqonuniy olib kiritilgan 19 kg tilla Fargʻonada ushlandi

    Qo'shni mamlakatan noqonuniy ravishda olib kiritilgan qiyimi taxminan 20 mlrd so'm bo'lgan tilla zargarlik buyumlari davlat chegarasida to'xtatib qolindi.

    'Daniya "spiral mo'jaro" uchun uzr so'radi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 07:33

    Daniya "spiral mo'jaro" uchun uzr so'radi

    1960–1970 yillarda Daniya hukumati 4,5 mingdan ortiq grenlandiyalik qizlarga ularning roziligisiz kontratseptiya vositalari o‘rnatgani ma’lum bo‘ldi.