Janubiy Koreyada erkak oʻz oilasining 5 nafar aʼzosini oʻldirib, umrbodga qamaldi.
Suvon tumani sudiga koʻra, 50 yoshlar atrofidagi Li familiyali erkak ota-onasi, rafiqasi va ikki qiziga oldin sedativ (uxlatuvchi, tinchlantiruvchi) dorilar berib, keyin bogʻib oʻldirgan. U giyohvand moddalar nazorati qonunini buzganlikda va qasddan odam oʻldirganlikda ayblanmoqda.
Prokuratura oʻlim jazosini talab qilgan boʻlsa-da, sud erkakka umrbod qamoq jazosi tayinlagan. Bildirilishicha, Li tadbirkor boʻlib, uning milliardlab von qarzi boʻlgan.