O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 29 avgust kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 69,40 so‘mga oshdi va 12 482,38 so‘mni tashkil qildi.
Yevro kursi esa 154,08 so‘mga ko‘tarildi va 14 540,72 so‘m etib belgilandi.
Rossiya rubli ham 0,95 so‘mga yuqorilab, 155,23 so‘mni tashkil etdi.