2026 yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionatining "E" guruhi 2-turidan o‘rin olgan Germaniya va Kot-d'Ivuar terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv dramatik tarzda yakunlandi. Nemislar qiyinchilik bilan bo‘lsa-da, 2:1 hisobida g‘alaba qozonib, keyingi bosqich yo‘llanmasini deyarli hal qildi.
Kanadadagi Toronto shahrida joylashgan "Bimo Field" stadionida o‘tgan bahsni paragvaylik hakam Xuan Gabriel Benites boshqarib bordi.
30-daqiqada Kot-d'Ivuar yarim himoyachisi Frank Kessi hisobni ochdi va afrikaliklar birinchi bo‘limni minimal ustunlik bilan yakunladi.
Ikkinchi bo‘limda Germaniya bosimni kuchaytirdi. 68-daqiqada hujumchi Deniz Undav hisobni tenglashtirdi. Uchrashuv esa qo‘shimcha daqiqalargacha davom etib, 90+4-daqiqada yana o‘sha Undav gol urib, dubl muallifiga aylandi va jamoasiga g‘alaba keltirdi 2:1 xisobda.
Ikki turdan so‘ng Germaniya 6 ochko bilan "E" guruhida yakka peshqadam bo‘lib turibdi. Kot-d'Ivuar esa 3 ochko bilan ikkinchi o‘rinni egallagan. So‘nggi turda Germaniya Ekvadorga qarshi, Kot-d'Ivuar esa Kyurasoaga qarshi maydonga tushadi.






