AsosiySPORT

Niderlandiya Shvetsiya ustidan yirik hisobda zafar qozondi.

Muxlislarga gollarga boy o‘yin taqdim etgan niderlandlar raqibini 5:1 hisobida taslim etdi.

'Niderlandiya Shvetsiya ustidan yirik hisobda zafar qozondi.'ning rasmi

2026 yilgi futbol bo'yicha Jahon chempionatining “F” guruhi 2-turidan o'rin olgan Niderlandiya va Shvetsiya terma jamoalari o'rtasidagi bahs yakunlandi. Muxlislarga golarga boy o'yin taqdim etgan niderlandlar raqibini 5:1 hisobida taslim etdi.

AQShning Xyuston shahridagi “NRG Stadium” arenasida bo'lib o'tgan uchrashuvni angliyalik hakam Maykl Oliver boshqarib bordi.

Niderlandiya terma jamoasi hisobni o'yinning 5-daqiqasidayoq ochdi. Hujumchi Brayan Brobbi raqib darvozasini ishg'ol qilgan bo'lsa, 17-daqiqada o'zining ikkinchi golini urdi va dubl qayd etdi.

Tanaffusdan keyin ham niderlandlar bosimni susaytirmadi. Kodi Gakpo 47 va 54-daqiqalarda gol urib, jamoasining ustunligini mustahkamladi.

Shvetsiya safida 59-daqiqada Entoni Elanga bir gol bilan javob qaytardi. Biroq uchrashuvning so'nggi daqiqalarida Krisensio Sammervill hisobni yirik ko'rinishga olib keldi — 5:1.

Ushbu g'alabadan keyin Niderlandiya 4 ochko bilan “F” guruhida yakka peshqadamga aylandi. Shvetsiya hisobida esa 3 ochko mavjud. Guruhning yana bir uchrashuvida Yaponiya va Tunis terma jamoalari 21 iyun kuni o'zaro bahs olib boradi.

So'nggi turda Niderlandiya Tunisga qarshi maydonga tushadi, Shvetsiya esa Yaponiya bilan kuch sinashadi.

    Boshqa yangiliklar