Toshkent metrosida yil oxirigacha barcha kassalar yopiladi. 2025 yil oxirigacha Toshkent metropolitenining barcha bekatlarida chipta sotuvchi apparatlar o‘rnatiladi va kassa operatori lavozimlari shtatlari to‘liq tugatiladi.
Ma’lum qilinishicha, yopilgan kassalardagi operator lavozimlari ish o‘rinlari bosqichma-bosqich qisqartirilmogda.
Shuningdek, birinchi bosqich doirasida 204 ta kassa operatori lavozim shtatlari belgilangan normativ huquqiy hujjatlar asosida qisqartirildi.
Natijada, avtomatlashtirilgan bankomatlarni metropolitenning barcha bekatlarida yil yakunigacha qadar o‘rnatish rejalashtirilgan va buning natijasida, Toshkent metropolitenida kassa operatori va katta operator lavozimlariga bo‘lgan ehtiyoj qolmaydi.
«Toshkent metropoliteni» DUK ma’muriyati tomonidan faoliyat yuritayotgan operator xodimlar uchun yangi qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish rejalashtirilmogda. Xizmat lavozimi qisqartirilayotgan har bir xodimga, o‘z istak va imkoniyatlaridan kelib chiqib, kasb-hunar o‘rganish kurslarida ishtirok etish taklif qilinadi. Ular buxgalteriya, tikuvchilik, qandolatchilik va shu kabi boshqa yo‘nalishlardagi kurslardan birini tanlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Ushbu o‘quv kurslarining to‘lovlari belgilangan tartibda «Toshkent metropoliteni» DUK tomonidan to‘liq qoplab beriladi.