AsosiySPORT

Nodirbek Abdusattorov shaxmat elitasida o‘z o‘rnini mustahkamladi

Abdusattorov blits reytingda jahonning eng kuchli uchtaligidan joy oldi.

'Nodirbek Abdusattorov shaxmat elitasida o‘z o‘rnini mustahkamladi'ning rasmi

O‘zbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov blits reyting bo‘yicha jahonning eng kuchli uch taligidan joy oldi.

U so‘nggi turnirlardagi muvaffaqiyatli ishtiroklari evaziga ikki pog‘ona yuqorilab, jahon reytingida 3-o‘ringa ko‘tarildi.

Hozirgi reytingga ko‘ra, norvegiyalik Magnus Karlsen 2877,4 ochko bilan birinchi, amerikalik Xikaru Nakamura 2838 ochko bilan ikkinchi o‘rinni egallagan. Abdusattorov esa 2802,5 ochko bilan kuchli uchlikni yakunlamoqda.

Shu tariqa, 21 yoshli grossmeyster blits yo‘nalishida dunyo shaxmati elitasi qatoridagi mavqeini yanada mustahkamladi.

Ma’lumot uchun, Nodirbek Abdusattorov shu yil fevral oyida Germaniyaning Vayssenxaus kurortida o‘tgan fristayl-shaxmat bo‘yicha FIDE jahon chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritgan va 2027 yilda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatiga yo‘llanmani rasman rasmiylashtirgan edi.

    Boshqa yangiliklar