AsosiyDunyo

Pokistonda vertolyot qulashi oqibatida 5 kishi halok boʻldi

Voqea joyiga zudlik bilan politsiya va qutqaruvchilar yetib borgan.

'Pokistonda vertolyot qulashi oqibatida 5 kishi halok boʻldi'ning rasmi

Bugun, 1 sentyabr kuni Pokistonning Gilgit-Baltiston hududida harbiy vertolyot halokatga uchradi va oqibatda 5 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Dawn” xabar berdi.

Bildirilishicha, Gilgit-Baltiston ma’muriyati rasmiysi Fayzulla Farakning so‘zlariga ko‘ra, hodisa ertalab soat 10:00 atrofida Chilas shahri hududida sodir bo‘lgan.

Mahalliy politsiya vakili Abdul Hamidning ma’lum qilishicha, mintaqa hokimiyatiga qarashli vertolyot yangi uchish-qo‘nish yo‘lagiga qo‘nishga uringanda qulab tushgan.

Hamidning qayd etishicha, voqea joyiga zudlik bilan politsiya va qutqaruvchilar etib borgan.

Halokat sabablariga aniqlik kiritilmagan, biroq ayrim rasmiylar hodisa “texnik nosozlik” tufayli yuz bergan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda.

OAVning bildirishicha, bortda komandir Mayor Atif, qo‘mondon Major Faisal, parvos muhandisi Nayib Subedar Maqbul, ekipaj rahbari Havaldar Jahongir hamda Nayik Amir bo‘lgan.

    Boshqa yangiliklar