O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining farmoyishiga asosan, Qobuljon Ahmadov OAV uchun kontent tayyorlash markazi direktori lavozimiga tayinlandi.
Shu kungacha u "Yoshlar" ijodiy birlashmasiga rahbarlik qilgan, avval esa "MY5" telekanali bosh direktori sifatida faoliyat yuritgan. Markaz direktori o‘rinbosari etib belgilangan Husan Salixov — taniqli rejissyor, tayinlovgacha Prezident Matbuot xizmatining Media markaziga rahbarlik qilgan.
Yana bir o‘rinbosar Jahongir Abdurahmonov esa Prezident Matbuot xizmatining bosh konsultanti sifatida ishlab kelgan. U avvalroq "UZREPORT" telekanalida shef-muharrir bo‘lib ishlagan.